2015-yil zamonaviy talab darajasidagi bino to‘liq ishga tushirildi. Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda. Axborot resurs markazi (ARM) umumiy kitob fondi 18470 nomda, 331680 nusxani tashkil etadi. Shundan darsliklar 3074 nomda 70213 nusxa, o‘quv qo‘llanmalar 3006 nomda 73840 nusxa, badiiy adabiyotlar 3601 nomda 46515 nusxa, ilmiy adabiyotlar 3891 nomda 66028 nusxa, boshqa adabiyotlar 3996 nomda 69900 nusxa, xorijiy adabiyotlar 902 nomda 5184 nusxani tashkil qiladi. To‘liq matnli elektron-resurslar 20075 nomda mavjud bo‘lib, ulardan darsliklar 4015 ta, o‘quv qo‘llanmalar 3037 ta, ilmiy adabiyotlar 3156 ta, badiiy adabiyotlar 4121 ta, boshqa adabiyotlar 5374 ta, xorijiy adabiyotlar 372 tani tashkil etadi.