QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

KITOBLAR

Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim. Amir Temur

Elektron kitoblar



Ushbu tizimda 25616 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan

kitoblar



Ushbu tizimda 18470 dan ortiq kitoblar joylashtirilgan

Statistika



Kitoblar haqida umumiy statistik ma'lumotlar

AXBOROT RESURS MARKAZI

Qarshi davlat universiteti Аxborot-resurs markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taminlashni tashkil etish to'g'risida”gi PQ-381 qarori asosida universitet kutubxonasi zamirida tashkil etildi. Аxborot-resurs markazi 1946-yilda pedagogika bilim yurti qoshida o'z faoliyatini boshlagan. 1961-yildan boshlab pedagogika instituti kutubxonasi maqomi berildi. O'sha davrda kutubxonaning umumiy kitob fondi 219500 tani tashkil etgan. Shundan darslik, o'quv va metodik qo'llanmalar, ilmiy va badiiy adabiyotlar (rus va o'zbek tillarida) 186500 ta, karta va izomateriallar 700 ta, jurnal va gazetalar 92 nomda bo'lgan. 2015-yil zamonaviy talab darajasidagi bino to'liq ishga tushirildi. Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti Axborot resurs markazi (ARM) umumiy kitob fondi 18470 nomda, 331680 nusxani tashkil etadi.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida darslik adabiyotlar 3074 nomda 70213 nusxadan iborat.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida o'quv qo'llanmalar 3006 nomda 73840 nusxadan iborat.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida ilmiy adabiyotlar 3891 nomda 66028 nusxadan iborat.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida badiiy adabiyotlar 3601 nomda 46515 nusxadan iborat.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida xorijiy adabiyotlar 902 nomda 5184 nusxadan iborat.

Axborot - resurs markazi umumiy fondida boshqa turdagi adabiyotlar 3996 nomda 69900 nusxadan iborat.

18470+
ARM umumiy fondi

BIZNING JAMOA

Axborot - kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'lim mudiri

Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo'lim mudiri

Elektron axborot resurslari bo'lim mudiri

Biz bilan bog'lanish

Talab va takliflaringizni yo'llang. Xabaringiz 24 soat ichida ko'rib chiqiladi!

Manzil


180119, Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi, 17-uy

Telefon: +998 75 221 00 56

Email: qduarm@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlarda